Angliya bunday qo‘pol o‘yinchini ko‘rmagan!

  • 3 fevral, 2021, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” jamoasi premer-liganing 22-turidan o‘rin olgan “Vulverxempton”ga qarshi safar uchrashuvida 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.  O‘yinning antiqahramoni “kanonirlar” himoyachisi David Luis bo‘ldi.

Tecno

Braziliyalik himoyachi birinchi bo‘limga to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqalarda o‘yin qoidasini buzdi. Luis qizil kartochka va penalti bilan jazolandi. “Bo‘rilar” yarim himoyachisi Ruben Nevesh 11-metrlik belgidan to‘pni darvozaga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Shu tariqa, David Luis 2019 yilning avgustida APLda “Arsenal” jamoasida debyutini nishonlaganidan beri uch marta maydondan haydaldi va olti marta penaltiga sababchi bo‘ldi. Angliyada hali hech qaysi futbolchi David Luis kabi qisqa muddatda buncha ko‘p ko‘pollik ishlatmagan ekan.

Umuman olganda, Luis joriy mavsumda “Arsenal” safida 18 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urishga ham erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!