Andrey Kanchelskis: "Paxtakor"ga hakam yordam berishni boshlagach, kurash olib borish qiyin

  • 12 may, 2019, 01:33
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yigitlarimning o‘yinlaridan qoniqdim. "Paxtakor"dek kuchli raqibga qarshi 0:2 hisobida ortda bora turib, muvozanatni tiklash bu katta ish. Ikkinchi bo‘limda kichik mo‘jiza namoyish etdik. Birinchi bo‘limda biroz asabiylashdik, bunga turnir jadvali ham sabab bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda tafovutni yo‘qqa chiqardik va men futbolchilarimning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan to‘liq qoniqish hosil qildim. 

Tecno

Mavsum avvalida daydilardek goh Toshkentda, goh Farg‘onada o‘ynadik. Mashg‘ulotlar, klub bazasi tayyor emas edi va ko‘p vaqtni yo‘lda o‘tkazdik. 

Birinchi bo‘limda, hakamlar mezbonlar foydasiga qarorlar chiqarishdi. "Paxtakor"ga hakam yordam berayotganida ularga qarshi kurashish qiyin. Umid qilamanki, Hakamlar qo‘mitasi buni ko‘rib chiqishadi. Birinchi bo‘limda bizning futbolchilarga 3-4 ta, raqib jamoa a’zolariga birorta sariq kartochka ko‘rsatilmadi, vaholanki bunga arzirli vaziyatlar etarlicha bo‘ldi. Bizning vazifamiz esa futbol o‘ynash, keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Abdurahmanov
12/05/2019 12:24
Навбахор хақиқий ўз кучи бн ўйнаяпти бўларкану
&
ОЗИМИЗ
12/05/2019 07:58
Эй Пахтакор озинг бундай хакамларга курашмас экан яна мухлислардан айрилиб колиши мумкин биз мухлислар чиройли хакони ойин коришни хохлаймиз ПАХТАКОРНИ ИМИЖИНИ ПАХТАКОРГА МУХЛИСЛИК КИЛАДИГАН ХАКАМЛАР ТУШИРИБ ЮБОРАДИ ШУНДАЙ ОЙИНЛАР БОЛАВЕРСА ХАКАМЛАРНИ ХАТОСИГА ПАХТАКОР АЙИБ ДОР БОЛИБ КОЛАВЕРАДИ БИЗНИГ ПАХТАКОРНИ БОТКОКА ТИКМАНГЛАР СИЗЛАРДАН ИЛТИМОС ПАХТААОРГА МУХЛИСЛИК КИЛАДИГАН ХАКАМЛАР ШУНДОК ХАМ ПАХТААОР УЗБЕКИСТОНДА ЯГОНА ЖАМО МУХЛИСИЗ ХАКАМСИЗ ХАМ ЮТА ОЛАДИ БУНИ БУТУН ОЗБЕКИСТОН БИЛАДИ!