
Andrey Kanchelskis "Navbahor" vakillari va muxlislariga xayrlashuv maktubini yo‘lladi
"Navbahor"dagi faoliyatim nihoyasiga etganidan afsusdaman. Men mavsumni ushbu jamoa bilan yakunlashni istagandim va musobaqani qaysi pog‘onada yakunlashimizni ko‘rmoqchi edim. Ammo hayotda hamma narsa ham sen o‘ylaganchalik yo‘nalishda ketmaydi, ayniqsa, biz yashayotgan zamonda.
Shunday ekan, men klub rahbariyatiga chin yurakdan rahmat aytmoqchiman. Kiyinish xonasidagi barcha yigitlarga O‘zbekistonda menga hadya qilgan yaxshi xotiralari uchun minnatdorlik bildiraman. Men klubda o‘tkazgan ikki yil ichida juda ajoyib damlarni boshdan kechirdim. Jamoadagi barchaning kelgusi ishlarida omad tilayman.
So‘zim so‘ngida jamoaning muxlislariga ulkan minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu kabi jonkuyar ishqibozlarni faoliyatimda uchratmaganman. Men sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni doim his qilib turdim va tom ma’noda jamoaning 12-futbolchisi bo‘la oldingiz. Umid qilamanki, tez orada yana klub muvaffaqiyatlaridan quvonib yashash baxtiga muyassar bo‘lasiz. Men faxr bilan tark etayotgan jamoamga shularni tilayman.
Shaxsan, yangi chorlovlarga shay holatda murabbiylik faoliyatimni olib boraman. Men futbol ommasi qabul qiladigan har qanday joyda ishlashga tayyorman.
Barchangizga eng yaxshi tilaklarim", - deydi Andrey Kanchelskis.
Fikrlar