
"Andijon"ning yangi mavsum uchun rejalari ma’lum
Joriy yilgi chempionatni 9-o‘rinda “Andijon” klubi qishki ta’tilga chiqdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa a’zolari dekabr oyida dam oladilar. Yangi mavsumga tayyorgarlik 3 yanvardan boshlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Burgutlar” qishki tayyorgarlikni Tojikiston hamda Turkiyada olib borishi ko‘zda tutilgan.
Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, jamoa selektsiyada faol bo‘ladi va yangi o‘yinchilar bilan muzokaralar davom etmoqda. Ularning orasida yaxshi saviyadagi legionerlar ham mavjud. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar