"Andijon"ning uy stadioni masalasi hal etildi

  • 10 yanvar, 14:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL Superligada qatnashadigan klublarning uy stadionlarini rasmiylashtirish jarayonlarini oxiriga etkazmoqda. 

Tecno

Bugun "Andijon"ning yangi mavsumni rasman "Bobur arena"da o‘tkazishi tasdiqlandi. Bu xususida O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Klub stadion bilan tuzilgan shartnomani bugun — 10-yanvar kuni Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. 

"Andijon" mavsumning ikkinchi yarmidan e’tiboran Chempionlar ligasi 2 musobaqasi doirasidagi raqiblarini ham "Bobur arena"da qabul qilish uchun harakatni boshlagan. Bu masalada viloyat hokimligi ish olib bormoqda. 

Shunga qaramay, Liga "Bobur arena" stadioni havo aylanish tizimi yuzasidan o‘z xavotirini bildiradi. Stadion chimi aynan avgust va sentyabr oylarida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Parvarish talab darajasida bo‘lgan holatda esa chim qolgan oylar davomida o‘zining yaxshi holatini ushlab tura oladi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!