"Andijon"ning g‘alaba golini urgan Doniyor Ismoilov o‘yindan so‘ng qanday fikr bildirdi?

  • 17 mart, 2021, 08:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasining “Surxon”ga qarshi kechgan uchrashuvida mezbonlar yarim himoyachisi Doniyor Ismoilovning jarima zarbasidan kiritgan goli o‘yin taqdirini hal qildi.

Tecno

Bellashuvdan keyin o‘yin qahramoniga aylangan futbolchi o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Andijon”ning mavsumdagi birinchi goli muallifiga aylandingiz. Hozirda taassurotlaringiz qanday?

- Ajoyib hissiyotlar. Stadionga minglab muxlislar keldi. Bizni zo‘r ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun rahmat aytaman. Andijondagi ochilish o‘yini bo‘lgani uchunmi, biroz hayajon bo‘ldi. Baribir oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik, deb o‘ylayman.

- Bunday ajoyib muhit va muxlislar bilan to‘lgan stadionda to‘p surish sizlarga qanday zavq bag‘ishladi?

- To‘g‘risini aytsam, maza qildik. Yana bir bor ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

- Baribir muxlislar bilan to‘la stadionda o‘ynash boshqacha-a?

- To‘g‘ri. Stadionda ham barcha sharoitlar yaratib berilgan. Buning uchun klub rahbarlariga rahmat. Bundan keyin ham yana oldinga qadam tashlashda davom etamiz va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!