"Andijon"ni ilhomlantirgan golga Ilhomning reaktsiyasi qanday bo‘ldi?

  • 24 may, 2023, 11:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi Superliganing 11-turida “Qizilqum”ga qarshi bahs olib bordi. Og‘ir o‘tgan bahsda andijonliklar 2:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, o‘z hisobiga 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi.

Tecno

O‘sha uchrashuda birinchi golni himoyachi Ilhom Alijonov standart vaziyatdan keyin darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Oxirgi paytlarda o‘z o‘yinini kuchaytirishga erishgan bu futbolchi “Andijon”ning g‘alabasiga munosib hissasini qo‘shdi.

Alijonov “Qizilqum”ga qarshi  uchrashuv haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv to‘g‘risida

- O‘yindan oldin ham uchrashuv qanchalik muhimligini yaxshi bilardik. Ayniqsa, har ikkila jamoa uchun ochkolar nihoyatda zarurligini his qilib turgandik. Bu biz kutgandan ham qiyin o‘tdi. Mana shu og‘ir kechgan o‘yinda matonat ko‘rsatib g‘alaba qozondik.

alijonov

Ilk goli

- To‘g‘ri, “Andijon”da o‘tgan yildan beri to‘p surayotgan bo‘lsam bu erdagi debyut golim bo‘ldi. Bundan oldin ham ikkita vaziyat bo‘lgandi, golga aylantira olmagandim. Mana, uchinchi vaziyatda gol urdim. Bu golimiz jamoaviy va mashg‘ulotlarda ishlangan usul edi va o‘yinda ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.

alijonov4

Murabbiyning ko‘rsatmasi

- Albatta, himoyachimiz. Murabbiyning bizga qo‘yadigan birinchi talabi himoyada ishonchli o‘ynab darvozamiz dahlsizligini ta’minlash, bu eng asosiysi. Keyin kuchimiz etsa hujumga qo‘shilib, oldingi chiziqdagilarga yordam beramiz. Shuningdek, hujum qilgan paytlarimizda standart vaziyatlarda ham murabbiy bizga ishonch bildirgan. Har bir uchrashuvda ana shunday standartlardan foydalanishimizni murabbiy umid qiladi. Xudoga shukr, menga bildirgan ishonchini oqladim.

alijonov3_1

10 ta o‘yindagi natijalar xususida

- To‘g‘ri, jamoamiz 10 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba qozondi va 6 ta mag‘lubiyatga uchradi. Bilasiz, o‘tgan yili pro ligada o‘ynab u erda g‘oliblikni qo‘lga kiritdik. Superligaga qaytganimizdan so‘ng tarkibimizga legionerlar qo‘shildi. Yangi murabbiy keldi. Jamoamiz o‘z o‘yinini topib boryapti. O‘yinimiz yaxshi shakllanib, rivojlanyapti. Bundan keyin ham g‘alabalar qozonishda va muxlislarimizni xursand qilishda, o‘sishda davom etamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan jonkuyar ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Shuhratbek Jo‘raev.    

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
24/05/2023 14:57
Яшанг Илх,омжон ишлариз илгари бу'лсин