
"Andijon" ustozi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin haqida: Uchrashuvning Farg‘onada o‘tgani o‘z ta’sirini ko‘rsatdi
"Biz o‘zbek futbolining bayroqdor jamoasiga qarshi o‘ynadik. "Paxtakor" safida terma jamoamizning etakchi futbolchilari to‘p tepishadi. Yigitlarimga, muxlislarga rahmat aytaman. Hayot davom etadi. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Endigina 9 o‘yin o‘z nihoyasiga etdi, hali oldinda o‘yinlar ko‘p.
Jamoa ikki yil Pro-ligada o‘ynadi va o‘yin borasida kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Bu borada o‘z ustimizda ish olib boramiz.
Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Uchrashuv so‘nggida ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Futbolchilar konsentratsiyani yo‘qotib qo‘yishdi. Bugun g‘alaba qozonishni istagan edik, ammo penalti, bahs so‘nggidagi gol barchasini o‘zgartirib yubordi.
Bellashuvning Farg‘onada o‘tgani ham ta’sir qildi. O‘z uyingda minglab muxlis qarshisida o‘ynash boshqacha. Ahir o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi. Balki o‘yin umuman boshqacha kechgan bo‘lar edi.
Hakamlar haqida gapirish mening vazifamga kirmaydi va bu borada biror narsa deya olmayman", - dedi Saidov.
Fikrlar
Andijon klubiga himoya chiziqlarini kuchaytirishini va xujimni boshlab beradigon o‘yinchiga e’tibor qaratish kerak. Xujimchi esa doim sergak turib iloji boricha hafli vaziyatlar yaritishi kerak.
O‘z uyimizda o‘ynamaganimiz ta’sir qildi degani o‘zini oqlamadi.Yevropa chimpionati finali Ispanyada o‘tadi. Ikkala Angilya klublari o‘rtasida bular yutkizgan jamoa ham shunday izoh beradimi.Fudbo‘lchilarda tajriba bo‘lsa har qanday sidaion va boshqa shaharda ham o‘ynay oladi.Prepisional fudbo‘lchilarku bular.