
"Andijon" mashg‘ulotlarga kirishdi, ammo tarkib to‘liq emas!
O‘tgan turda Toshkentda “Bunyodkor”ga imkoniyatni boy bergan “Andijon” jamoasi bir necha kunlik tanaffusdan keyin yana mashg‘ulotlarga kirishdi. Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi jamoa a’zolari bugundan Andijonda tayyorgarlik jarayonini boshladilar.
Lekin tarkib to‘liq ko‘rinishda emas. Gap shundaki, jamoaning to‘rt nafar futbolchisi – Doniyor Abdumannopov, Jasur Jaloliddinov, Abdug‘ani Kamolov va Kamron Saidazimov O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan xalqaro musobaqada qatnashish uchun Turkiyaga jo‘nab ketishgan.
Bulardan tashqari, “Andijon”ning legionerlaridan biri Edgar Bernxardt yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Qirg‘izistonga ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, u shu kunlarda klub ixtiyoriga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, 4-tur doirasida “Andijon” klubi 1 aprel kuni o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qiladi.
Fikrlar