
"Andijon" lageriga bugun kimlar qo‘shildi?
“Andijon” jamoamiz reja asosida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarligini davom ettirmoqda. Dukentda 5 iyuldan boshlangan yig‘in tobora o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Yozgi ta’tildan unumli foydalanish maqsadida o‘yiga – Rossiyaga xordiq chiqarish maqsadida yo‘l olgan bosh murabbiy Viktor Kumikov, yordamchi murabbiy Oleg Kornienko hamda jamoamiz sardori Ildar Mamatkazin bugun klub lageriga qo‘shildilar.
Legionerlarimiz – Vladimir Bubanya, Bogdan Milich hamda Goron Miloyko ertaga jamoa ixtiyoriga etib keladilar.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar