
"Andijon" klubi rahbari va’dasini bajardi
Xabaringiz bor, ertaga "Andijon" o‘z maydonida Pro liganing 7-tur doirasida Muborakning "Mash’al" klubini qabul qiladi.
Bugun Viktor Kumikov shogirdlari "Bobur arena"da o‘yindan oldingi so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu mashg‘ulotga jamoa rahbari Jur’atbek Quvvatov ham tashrif buyurdi. Tayyorgarlik jarayoni yakuniga etgach, jamoa a’zolari bilan suhbatlashdi. Unda muhim bahs oldidan futbolchilarni yanada ruhlantirgan holda "Turon" ustidan erishilgan g‘alaba uchun rag‘batlantirish maqsadida va’da qilingan mukofot pullari o‘z egalariga topshirildi.
Shu bilan birga futbolchilardan o‘yinni yanada kuchaytirishlarini, muxlislarga yoqadigan o‘yinni namoyish etish juda muhimligini ta’kidlab, "Mash’al"ga qarshi bellashuvda ham tomoshabop va ishonchli o‘yin ko‘rsatib, chiroyli g‘alaba muhimligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Mash’al” o‘rtasidagi bahs 7 may kuni soat 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar