"Andijon" klubi jarimaga tortildi

  • 22 oktabr, 2020, 14:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” futbol klubi futbolchisi Farhod Miraxmatov Coca Cola Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “So‘g‘diyona” uchrashuvida ikkita sariq kartochka olib, qizil kartochka bilan maydondan chetlatilgan edi.

Tecno

Natijada, futbolchi navbatdagi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishi kerakligi belgilangan bo‘lsa-da, u U-21 birinchiligining 20-turi doirasidagi “Bunyodkor U-21” – “Andijon U-21” uchrashuvida o‘yinning asosiy tarkibida ishtirok etdi.  Bu bilan “Andijon” futbol klubi Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.19-bandini buzdi. Unda qayd etilganidek, agar jamoa g‘alaba qozonsa yoki durang o‘ynasa, unga texnik mag‘lubiyat yoziladi hamda O‘FA Intizom kodeksiga muvofiq jarima solinadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Andijon U-21” jamoasi mazkur bellashuvda mag‘lub bo‘lganligi sababli uchrashuv natijasi (gollar, ogohlantirish va chetlatishlar) o‘z kuchida qoldi va O‘FA Intizom kodeksining 5.34, 5.47-bandlariga asosan “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!