"Andijon" futbolchisi 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng nima dedi?

  • 11 iyun, 2023, 11:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Andijon” jamoasi Tojikiston yig‘ini doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini “Parvoz”ga qarshi o‘tkazib 5:0 hisobida g‘alaba qozonganini bilasiz.

Tecno

O‘yinda ishtirok etgan iste’dodli futbolchi Abdurahmon Komilov “Andijon” matbuot xizmati uchun uchrashuv borasidagi taassurotlarini aytdi.

“Murabbiyimizning ko‘rsatmalarini bajarishga harakat kildik. 70-80 foizga bajardik desa ham bo‘ladi. Mashg‘ulotlar o‘tkazishda davom etamiz. Keyingi o‘rtoqlik o‘yinlarida ham murabbiyimiz ko‘rsatmalarini bajarishga harakat qilamiz va chempionat o‘yinlarga tayyor bo‘lamiz.

To‘g‘ri, Tojikistonda birinchi bor mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun keldik. Bu erda yig‘in o‘tkazish uchun sharoitlar juda yaxshi. Xudo xohlasa, puxta tayyorgarlik ko‘rib muxlislarimizi yanada xursand g‘ilishga harakat qilamiz”, - deydi Komilov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!