"Andijon" bugun Slovakiya klubi bilan o‘ynaydi. Raqib haqida nimalar ma’lum?

  • 9 fevral, 2024, 02:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoamiz Antaliyada davom ettirayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 9 fevral kuni o‘tkazadi. Bu safar jamoamiz uchun sparring-raqib Slovakiyaning “Belusha” futbol klubidir. Odatimizga ko‘ra, “Andijon” matbuot xizmati bo‘lajak raqib xususida ma’lumotlar taqdim etadi.

Tecno

Xabaringiz bor, bungacha “Andijon” Janubiy Koreya U23 terma jamoasi, Rossiyaning TsSKA, Ruminiyaning “Selimbar” hamda Gruziyaning “Sabultaro” klublariga qarshi maydonga tushishdi. Navbatdagi bellashuv esa “Burgutlar”ning Antaliyadagi beshinchi o‘rtoqlik o‘yiniga aylanadi.

“Belusha” Slovakiya chempionatida uchinchi g‘arbiy ligada ishtirok etadi. Undan avval esa “Nayk” ligasi va ikkinchi liga bor. O‘xshatish uchun: ulardagi “Nayk” ligasi bizni Superligamiz kabidir. Shuningdek, uchinchi liga g‘arb va sharq mintaqalariga bo‘lingan. Undan keyin to‘rtinchi liga ham bo‘lib, bu to‘rt mintaqaga ajratilgan. Umuman olganda, ularda futbol klublari ko‘p va darajalarida u qadar farq yo‘q.

andijon belusha

Hozir Slovakiya chempionatida qishki tanaffus e’lon qilingan. “Belusha” klubi ishtirok etayotgan birinchilikda 16 ta klub qatnashadi. “Andijon”ning bo‘lajak raqibi musobaqa jadvalida 22 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinni egallab turibdi. “Belusha” ikkinchi davraga tayyorgarligini Antaliya shahrida olib bormoqda. Jamoani slovakiyalik 47 yoshli mutaxassis Dushan Kramlik boshqarib kelyapti. U “Belusha”da 2018 yildan faoliyatini boshlagan va 2022 yildan e’tiboran jamoa bosh murabbiyi sifatida mehnat qilib kelmoqda.

“Andijon” – “Belusha” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv “SB Sport” kompleksida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 16:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!