
"Andijon AFA "SGS" ShirinGaz"ning Qozog‘istondagi muvaffaqiyatli yurishi davom etadi
Avval xabar berganimizdek Andijon futbol akademiyasining 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamolari Qozog‘istonning Olmota shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Ushbu turnirda Rossiya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon Qozog‘istondan jamoalar bor.
Bugun musobaqaning uchinchi kunida Shoxruh Ishanov murabbiyligidagi 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi turnirning Qirg‘izistonning “Olg‘a” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilarini 3:1 hisobida engdi. Raqib darvozasiga kiritilgan gollarga Abubakir Rejaboev, Akbarxo‘ja No‘monxo‘jaev va O‘ktambek Abdumalikov mualliflik qilishdi.
26 mart, Olmota. 2005 yillar.
"Olg‘a" (Qirg‘iziston) - "Andijon AFA "SGS" ShirinGaz" (O‘zbekiston) 1:3
Gollar: Abubakir Rejaboev, Akbarxo‘ja No‘monxo‘jaev, O‘ktambek Abdumalikov
Murabbiy Lochin Guldoev boshchiligidagi 2006 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi musobaqaning uchinchi turida ham g‘alaba qozonishdi. Ular bu safar mezbon, musobaqa tashkilotchisi hisoblangan Olmotaning “Aristan” jamoasini 4:0 hisobida engishdi. Uchrashuvda Saidbek Dehqonov va Bekmurod Abduraimjonovlar dubl qayd etishdi.
26 mart, Olmota. 2006 yillar.
"Aristan" (Qozog‘iston) - "Andijon AFA "SGS" ShirinGaz (O‘zbekiston) 0:4
Gollar: Bekmurod Abduraimjonov (dubl), Saidbek Dehqonov (dubl).




Musobaqa 31 martga qadar davom etadi.
“Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoalari xalqaro turnirni muvaffaqiyatli boshlashdi
“Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” Rossiya va Qozog‘iston jamoalarini engdi
Fikrlar