Anchelotti Vinisiusning jamoani tark etishi haqida xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi

  • 15 fevral, 14:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Osasuna"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis Vinisius Juniorning kelajagi va bir necha futbolchilarning holati haqidagi savollarga javob berdi. 
 
"Asensio yana asosiy tarkibdan joy oladimi? Ertangi bellashuvda aniq boshlanuvchilar yo‘q. Raul so‘nggi kunlarda meni juda hayratda qoldirdi. U har bir o‘yinda asosiy tarkibdan joy olish uchun boshqalar bilan kurashishga tayyor. 
 
Men Vinisius va Saudiya Arabistoni mavzusidan to‘g‘risi charchadim. Men uni bu erda baxtli ekanligini ko‘rmoqdaman. Bundan tashqari, biz ham u bilan juda xursandmiz. 
 
Shuni ham ta’kidlashim kerak, Vinisius “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvda katta bosim ostida edi va yakunda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ularning banneri braziliyalik yulduzga juda katta motivatsiya ham berdi. 
 
Jud Bellingem ulkan xarakterga ega. U juda yosh va shu klub etakchilaridan biriga aylanish uchun barcha fazilatlarga ega. Kelgusi yillarda bu biz uchun juda muhim hisoblanadi. 
 
O‘ng qanot himoyada kim harakat qiladi? Hozirgi kunda Valverde Lukas qaytgunicha o‘ynashda davom etadi. Federiko jamoamizga katta hissa qo‘shmoqda, menga uning “Siti”ga qarshi o‘yini yoqdi. U ertaga yana shu pozitsiyada o‘ynaydi. 
 
Ketma-ket ikki marta La Ligada g‘alaba qozonish qiyinmi? Buni aytish qiyin, lekin raqobat juda yuqori. "Atletiko" yoki "Barselona" kabi jamoalar borki, ular juda kuchli, ular har yili chempionlik uchun kurashadilar. Raqobat tufayli bu muvaffaqiyatni takrorlash oson emas. Shu bilan birga, jamoada motivatsiya bor, bu peshqadamlikni saqlab qolish uchun imkoniyatdir. 
 
Bundan tashqari, seshanba kuni Ryudiger, Alaba va Lukas Vaskes yana safimizga qaytadi" - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!