
Anchelotti "Real"da o‘ynagan uch nafar mashhur futbolchini egosi kuchli deb hisoblaydi
Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosning harakteri haqida fikr bildirdi.
"Ego - jamoada juda muhim jihat. "Real"da hozir u juda kam. Ego yomon narsa emas. Bizda gol ura oladigan katta egoist futbolchilar bor edi. Biroq siz ego va shaxsiyatni farqlashingiz kerak. Katta egoga ega futbolchilar o‘ziga xos harakterga ea.
Masalan, Serxio Ramos. U kabi xarakterli futbolchi bo‘lmagan. Serxio ajoyib shaxsiyat.
Kichkina egosi bor, ammo katta xarakterga ega futbolchi, masalan, Pepe. Katta ego va shaxsiyat - Krishtianu Ronaldu.
Ego u qadar yomon emas, lekin kichik ego juda yaxshi", - dedi "Real" bosh murabbiyi.
Fikrlar