
Anchelotti Mbappedan norozi! Sabablari ma’lum bo‘ldi
O‘tgan yoz “Real”ga qo‘shilgan Kilian Mbappe madridliklar kutganidek har narsani uddalay oladigan superfutbolchi bo‘lib chiqmadi.
Endi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottida ham frantsiyalik hujumchi o‘yiniga etarlicha e’tirozlar paydo bo‘lyapti.
Give me Sport nashrining ta’kidlashicha, Mbappe italiyalik mutaxassisning hamma talablarini ham bajara olmayapti.
Birinchidan, Anchelottiga Kilian himoyalanishda jamoaga yordam bera olmasligi yoqmayapti. Ikkinchidan esa, frantsiyalik yulduz to‘psiz harakat qilishda ham jamoadoshlariga ko‘maklashishga qodir emasligi oshkor bo‘ldi. Bu holat ayniqsa “Barsa”ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.
Anchelotti Kilian Mbappe kelganidan keyin maydonda muvozanat buzilganini jamoasining eng katta muammosi ekanini aytib kelmoqda.
Fikrlar