
Anchelotti “Manchester Siti”ni engish sirini aytdi
Evropa Chempionlar ligasining chorak finalida “Real” futbolchilari musobaqaning amaldagi g‘olibi “Manchester Siti”ga to‘qnash keldi.
Madrid shahri mezbonlik qilgan dastlabki uchrashuvda oltita gol kiritilgan bo‘lsa-da, g‘olib aniqlanmadi – 3:3.
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Manchesterda bo‘ladigan javob uchrashuvi oldidan Xosep Gvardiola jamoasini qay tarzda engmoqchi ekani haqida fikr bildirdi.
- “Manchester Siti” jismoniy jihatdan juda kuchli kuchli. Biz bo‘lajak uchrashuvda katta ishqiyoq evaziga g‘alaba qozonmoqchimiz, - dedi Karlo Anchelotti.
“Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar