
Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi bahsda hakamlardan norozi bo‘ldi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindagi hakamlikdan noroziligini bildirdi.
"Real" va "Manchester Siti" 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu bilan birga, inglizlarning goliga qadar to‘p maydonni tark etgan bo‘lishi mumkin.
"To‘p chiqib ketgandek tuyuldi. Bungacha esa hakam sezmagan burchak to‘pi bor edi. Hakam unchalik e’tiborli bo‘lmadi. U menga sariq kartochka ko‘rsatdi, - dedi Anchelotti "Movistar" nashriga.
Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuvda portugaliyalik Artur Soaresh Diash boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishladi.
Fikrlar