"Anchelotti ketmasa, men ketaman"

  • 12 aprel, 15:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Agar bosh murabbiy Karlo Anchelotti kelasi mavsum ham jamoada qolsa, Turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyuler Madridning “Real” klubini tark etishi mumkin.

Tecno

"Real Madrid Confidential" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi bu fikrini klub prezidenti Florentino Peres bilan bo‘lgan suhbatda bildirgan. Gyulerni Anchelotti tomonidan unga berilayotgan o‘yin amaliyoti hajmi qoniqtirmayapti.

Joriy mavsumda Arda “qaymoqranglilar” safida 34 o‘yinda maydonga tushdi, biroq u ko‘pincha zaxiradan o‘yinlarga qo‘shilmoqda. Turkiyalik futbolchi 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!