
Anchelotti fikridan qaytdi!
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "qirollik klubi"da ishlagandan so‘ng faoliyatini yakunlash haqidagi fikrini o‘zgartirdi. Mavsum boshida italiyalik mutaxassis "Real"dagi faoliyatidan so‘ng murabbiylikni tugatishini ma’lum qilgandi.
"Real"da ishlaganimdan keyin faoliyatimni yakunlayman, deganmidim? Yo‘q, bugun men bu so‘zlarni rad etaman ", dedi Anchelotti "Valyadolid" bilan o‘yin oldidan matbuot anjumanida.
Anchelotti bir necha oydan beri Braziliya terma jamoasi ustozligiga tayinlanishi borpasida xabarlar tarqalgan edi. Italiyalik mutaxassisning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar