Anchelotti: “Ertangi uchrashuv ikki jamoa uchun ham muhim”

  • 7 fevral, 21:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko” qarshi derbidan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis bo‘lajak uchrashuv, bir nechta futbolchilarning holati va hakamlar bilan bo‘layotgan mojaro haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
“Albatta, bo‘lajak bellashuv har ikki jamoa uchun ham juda muhim. Madrid derbisi har doim ham o‘ziga xos o‘tadi. Ikkalamiz ham chempionlik uchun kurashamiz. 
  
Biz shunchaki hakamlardan tushuntirishni so‘radik xolos. Shu bilan birga, biz tizimni o‘zgartirmoqchimiz. Shuni ham ta’kidlashimiz kerak, biz hozirgi kunda xursand emasmiz va albatta, hamma bunga qarshi. Sababi, “Real Madrid” buni xohlaydi. Biz hali ham VAR audio yozuvlarini olmaganmiz. 
  
Ertangi kunning tarkibi haqida nimalar deysiz? Bugungi kunga qadar ba’zi shubhalar bor edi. Bugun ular tarqab ketdi. Biz allaqachon derbi uchun asosiy tarkibni belgilab oldik. 
  
Kamavinga va Vaskeslarning holati qanday? Ikki futbolchim ham bo‘lajak to‘qnashuvga tayyor. Ular bugun o‘zlarini yaxshi his qilishdi. Shu bois, Lukas ham Eduardo ham ertaga safimizda bo‘ladi. 
 
Biz mudofaa chizig‘imizda mutlaqo favqulodda vaziyatdamiz. Biz o‘z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshisi bo‘lgan Karvaxal va Militaoni yo‘qotdik. Shu sababli ham jamoam bilan birga, yosh futbolchilarni sinab ko‘rdik va ba’zi futbolchilarning pozitsiyasini o‘zgartirdik. 
  
Biz futbolchilarning jarohatlaridan xavotirdamiz, ammo Federiko Valverde har bir uchrashuvda maydonga tushishni xohlaydi. 
  
Ertangi bellashuvga rejangiz qanday? Biz “Atletiko”ning o‘yinini tahlil qildik va ko‘plab taktik videolarni tomosha qildik. Bu muhim rol o‘ynaydi, deb o‘ylayman” – dedi “qirollik klubi” murabbiyi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!