
Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishga tayyor
Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng Braziliya terma jamoasi hanuzgacha bosh murabbiysiz qolmoqda. Jamoaning ustozi Tite Xorvatiyaga qarshi uchralgan mag‘lubiyatdan keyin lavozimidan ozod etilgandi.
Braziliyada mashhur italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti ish boshlashi kutilmoqda.
"Globo Esporte" nashri xabariga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi vakillari vositachilar orqali Anchelottining "pentakampeonlar"ni qabul qilishga tayyorligini aniqlagan. Bu ish faqat 2022/2023 yilgi mavsum yakunida amalga oshishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, konfederatsiya rahbari Ednaldo Rodriges fevral oyida "Real" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, Karlo Anchelotti transferini muhokama qilishni rejalashtirgan. Italiyalik murabbiyning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar