Anchelotti: 500 million to‘lashsa, Saudiyaga piyoda bo‘lsa ham boraman
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish haqidagi savolga javob berdi.
- 500 million evro evaziga Saudiya Arabistoniga boramanmi? Agar shunday bo‘lsa, samolyotga chipta buyurtma qilishga ham hojat qolmaydi. U erga piyoda bo‘lsa ham yo‘lga chiqardim.
Albatta, hazillashyapman. Menga pul kerak emas, - dedi Karlo Anchelotti.
64 yoshli italiyalik mutaxassis “Real”ni 2021 yildan beri boshqarib kelmoqda. Madridliklar Anchelotti qo‘l ostida Ispaniya chempionati, Evropa Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi katta musobaqalarda g‘olib chiqdi.



Fikrlar