
Anchelotta Braziliya terma jamoasida qancha maosh oladi?
Karlo Anchelotti terma jamoalar orasida eng yuqori maosh oladigan murabbiylardan biriga aylanadi.
"Globo Esporte" ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Braziliyada yiliga 10 million evro oladi. Bu "Real" klubida uning hozirgi daromadiga taxminan teng.
Agar Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, qo‘shimcha 5 million evro mukofot puli oladi.
Ma’lumot uchun, 65 yoshli mutaxassisning Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani biroz avval e’lon qilindi.
Fikrlar