
Anastasiya Potapova "Rolan Garros"ni g‘alaba bilan boshladi
Parij shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatining asosiy to‘riga start berildi.
Unda rossiyalik tennischi Anastasiya Potapova ilk raqibi, germaniyalik Anjelik Kerberni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa turnirning ikkinchi davrasiga chiqqan Potapova endi xiyatokliy Yafan Van, yoki chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar