Ana xolos: “Real” mashhur nomni o‘zgartiradi

  • 27 dekabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Qirollik klubi” rahbariyati jamoa o‘yin o‘yinlarii o‘tkazadigan “Santyago Bernabeu” nomini o‘zgartirishga qaror qildi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, madridliklarning mashhur arenasi nomi soddalashtiriladi.

Manbaga ko‘ra, endi “Real” stadioni  nomidan “Santyago” so‘zi olib tashlanadi va shunchaki “Bernabeu”ning o‘zi qoladi.

Bu o‘zgarishlar tijorat nuqtai nazaridan amalga oshirilishi aytilmoqda.

Ispaniya poytaxtida joylashgan bu inshoot 1947 yili qurilgan. Hozirgi paytda 81 mingdan ziyod muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Arenaga 1955 yilning 4 yanvar kuni klub prezidentlaridan Santyago Bernabeuning nomi berilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!