Ana xolos! PSJ Mbappega dahshatli narx qo‘ydi. Oladigan bormi?

  • 12 oktabr, 2022, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilarga etarlicha muammo tug‘idirayotgan Kilian Mbappedan qutilishga tayyor, deb xabar tarqatdi portugaliyalik insayder Antero Enrike.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar Mbappega 400 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqadi.

Mbappe klub rahbariyatini o‘ziga berilgan va’dalarni bajarmaganlikda ayblamoqda. Darhaqiqat, mutasaddilari 23 yoshli futbolchi so‘ragan biror hujumchini transfer qila olgani yo‘q.

Kilian o‘zi yoqtirgan pozitsiyada erkin o‘ynashi uchun Neymar o‘rniga boshqa forvard, xususan, Robert Levandovskini olib kelishni so‘ragan edi. 

Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va Lionel Messi, Serxio Ramos kabi tajribali o‘yinchilar Kilianni tartibga chaqirganiga qaramay, qaysar yulduz o‘z bilganidan qolmayapti.

Shunga qaramay, jahon futbolida Mbappeni 400 million evroga sotib oladigan klub bo‘lmasa kerak.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!