
Ana xolos! Neymar Mbappega “tupurdi”
Braziliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Ganani 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Neymar jamoadoshlarining ikkita goliga assistlentlik qildi.
O‘yindan keyin Neymarga PSJdagi jamoadoshi Kilian Mbappe bilan munosabati haqida savol berildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Neymar dastlab savolni tushunmagan va uni qaytarishni so‘ragan. Savol berilgach: “Kilianmi? “Tfu”, deb intervyudan ketib qolgan.
Ma’lumki, anchadan beri Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasida kelishmovchilik borligi to‘g‘risida xabarlar tarqatilmoqda. Frantsiyalik hujumchiga PSJda Neymarning ta’sir doirasi kengayib borayotgani yoqmayapti.
Neymar esa Mbappening maydonda va undan tashqari ortiqcha xudbinlik qilayotganidan noroziligini yashirayotgani yo‘q.
Fikrlar