
Ana xolos! “Nasaf”ning 4 futbolchisi majburan “Bunyodkor”ga o‘tadimi?
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanalida “Nasaf”ning bir nechta futblchisi “Bunyodkor”ga o‘tishi mumkinligi haqida post qoldirdi:
"Nasaf"ga 4 futbolchisini "Bunyodkor"qo‘yib yuborish sharti bilan kelasi mavsumda klubning smetasi kattalashtirish va’da qilingan emush.
Norboy muallim bu ma’lumotni tasdiqladi. Aynan shu transferga ancha avval sha’ma qilgan edim. Bu rost bo‘lib chiqyapti. To‘g‘risi xomiy kim ekanligini xamma tushunib bo‘ldi menimcha.
Ancha avval Husain Norchaevni xomiylar bosim evaziga "qaldirg‘ochlar" safiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan, ammo buni imkoni bo‘lmagan edi.
Qisqasi, "ajdarlar"ning yangi mavsumga reja tuza olmayotgani ham to‘liq shu vaziyat bilan bog‘liq.Menimcha bu sport printsiplarini buzish emas, yuziga tupurishdek gap. Vaziyatni o‘rganishda davom etyapmiz. Tez orada Sports.uz da o‘qiysiz!
Ikkisini birdek ko‘rish kerak...”- deb yozadi saytimiz jurnalisti.
Ancha avvalroq, u o‘z telegram kanalida “ajdarlar”ning bir yo‘la bir nechta futbolchisi “Bunyodkor”ga qo‘shilishi haqida xabar bergan edi.
Fikrlar