Ana xolos: Messining jahon chempionatida qatnashishi aniq emas
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messining 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
- Jahon chempionatiga boradimi yoki yo‘q, bu bo‘yicha Messining o‘zi qaror qabul qiladi. Biz har qanday holatda ham uning qarorini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Hozircha hammasi joyida, ammo olti oy – bu katta vaqt. Umid qilamizki, Messi o‘zini ham, terma jamoani ham o‘ylab, eng to‘g‘ri qarorni qabul qiladi, - deydi Skaloni.
Amaldagi jahon chempioni hisoblangan Argentina guruh bosqichida Avstriya, Jazoir va mundial debyutanti Iordaniya bilan to‘qnash keladi.



Fikrlar