Ana xolos! Messi Argentinaning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi

  • 16 dekabr, 2022, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi JCh-2022 finali oldidan Argentina terma jamoasi mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi.

Tecno

Hujumchi terma jamoasining bugungi mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Xovartiyaga qarshi zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan yoki bahsda ishtirok etmagan futbolchilar maydonda, boshlang‘ich tarkibda harakat qilganlar esa mashg‘ulot zalida shug‘ullandi.

Mashg‘ulot yakuniga yaqin futbolchilar maydonga chiqdi, lekin Messi u erda ko‘rinish bermadi. Leo xorvatlarga qarshi bellashuvda sonning orqa qismidan og‘riq his qilgandi. 

Jarohat qanchalik jiddiyligi noma’lum, lekin Argentina terma jamoasi futbolchi finalda o‘ynashiga hech qanday shubha qilmayapti. 

Argentina – Frantsiya o‘rtasidagi final 18 dekabr Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!