Ana xolos: “Manchester Siti” Gvardiolaning o‘rniga boshqa murabbiy topdi

  • 17 mart, 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” joriy mavsumda Angliya kubogidan boshqa sovringa da’vogarlik qilolmaydi. Milliy chempionatdagi natijalar ham klub xo‘jayinlarini qoniqtirmayapti.

Tecno

E-notisies nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” ispaniyalik mutaxassisdan voz kechishga tayyor. Klub mutasaddilari Pepning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yangi murabbiy topib qo‘ydi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” ayni paytda Italiya chempionatida “Komo”ni boshqarayotgan Sesk Fabregasni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi.

Rahbariyat yaqinda murabbiylik faoliyatini boshlagan Fabregasni yozda olib kelish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Fabregas Angliya Premer-ligasini yaxshi biladi. U futbolchilik davrida “Arsenal” va “Chelsi” kabi APLning qudratli klublarida to‘p tepgan. Bundan tashqari, “Barselona”, “Monako” va “Komo”da ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!