
Ana xolos! Kuman Saudiyaga yo‘l olgan shogirdi uchun terma eshiklarini yopdi
Ronald Kuman Steven Bergveynning Saudiya Arabistoniga ketganini tanqid qildi.
"Ayaks" 26 yoshli futbolchini "Al-Ittihod"ga 21 million evroga sotdi.
"Agar sen 26 yosh bo‘lsang senda moliyaviy emas, sport ambitsiyalari bo‘lishi kerak. Bu qarorlar futbolchilar tomonidan qabul qilinadi.
Endi terma jamoa eshiklari Stiven uchun yopiq. Balki uning o‘zi ham shu gapni aytishimni taxmin qilgandir.
Biz bu qarorni hurmat qilishimiz kerak. Biroq shaxsan men ushbu transferga rozi bo‘lmasdim", - dedi Ronald Kuman.
Fikrlar