
Ana xolos! Dunyoning ikkinchi raketkasi US Open turnirini o‘tkazib yuboradi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Aleksandr Zverev US Open turnirini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, germaniyalik tennischi ushbu musobaqaning o‘tgan yilgi yarim finalchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Zverev "Rolan Garros"da to‘pig‘idan jiddiy jarohat olgan edi. 7 avgust kuni u to‘liq mashg‘ulotlarni boshladi, ammo uning US Open turnirida ishtirok etishi ehtimoli juda kam baholanmoqda.
Fikrlar