
Ana xolos! Di Mariya "zombi"ga aylanib qoldimi?
PSJ klubi tibbiy departamenti uyqusizlikdan azob chekayotgan argentinalik vinger Anxel Di Mariyanin ahvolidan xavotirga tushmoqda.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu muammo futbolchida karantin paytida paydo bo‘lgan. Di Mariya uyqusizlikdan tashqari depressiyani ham boshdan kechirmoqda. Uning xotini qarindoshlarga eri o‘zini xuddi zombi kabi tutayotganini aytgan.
32 yoshli Di Mariya joriy mavsum PSJda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 21 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar