
Ana xolos! Braziliyalik futbolchi Xitoy terma jamoasida o‘ynash uchun 80 mln evro so‘ramoqda
"Tszyansu Sunin" klubining braziliyalik hujumchisi Aleks Teysheyra Xitoy fuqaroligini qabul qilishi mumkin. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi Xitoy fuqaroligini olishga tayyor, faqat buning uchun 4 yillik shartnoma va 80 mln evro talab qilmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Teysheyra “JCh-2022”da Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin.
Aleks Teysheyra "Tszyansu Sunin" klubida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 153 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 73 ta gol hamda 43 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar