Ana xolos: “Barsa” A Seriyaning qimmatbaho yulduzi uchun 10 million evro taklif qildi

  • 23 avgust, 2024, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletik” hujumchisi Niko Uilyamsni qo‘lga kirita olmagan “Barselona” uning o‘rniga yangi o‘yinchi olish uchun shoshilyapti.

Tecno

Kataloniyaliklar mo‘ljallagan hujumkor futbolchilardan biri Federiko Keza hisoblanadi. “Yuventus” bosh murabbiy etib tayinlangan Tiaggo Motta bu futbolchi unga kerak emasligini aytib, tarkibdan chetlatganidan keyin Kezaga yangi ish kerak bo‘lyapti.

Jurnalist Mirko di Natalening yozishicha, Keza atrofidagi vaziyatdan foydalanib qolmoqchi bo‘layotgan “Barselona” o‘yinchi uchun turinliklarga 10 million evro taklif qildi.

Keza “Fiorentina” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 26 yoshli bu futbolchi uch yil muqaddam 70 million evroga baholangan.

Federiko o‘tgan mavsum 33 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hsobiga to‘qqizta gol va bir juft assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!