
"An-Nasr" g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi. Masharipov esa ...
Saudiya Arabistoni "Qirol kubogi" 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan "An-Nasr" va "Abha" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda riyodliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Al-Naji, Al Haybari va Maran mualliflik qildi. Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushib, 87-daqiqada almashtirildi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov esa 75-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Shu tariqa, "An-Nasr" ushbu g‘alabadan keyin yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar