
Amorim: "Stadionni tark etgan muxlislar o‘zlarini tushkun his qilishadi"
Evropa ligasi 1/4 final javob uchrashuvida "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da "Lion"ni qabul qildi. Uchrashuvning 113-daqiqasiga kelib mankuniyanliklar 2:4 hisobida ortda ketishardi, ammo keyingi daqiqalarda ikki gol urib, fantastik kambek amalga oshirishdi va 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Biroq, "Lion" ikki to‘p farqiga chiqib olganidan so‘ng, stadiondagi ayrim muxlislar uyga qaytish uchun chiqib ketishdi.
MYu bosh murabbiyi Ruben Amorim shunday izoh berdi:
"Men 4:2 hisobida stadionni tark etgan odamlarga achinaman. Balki ular yo‘lda tirbandlikka tushib qolmaslik uchun ketishgandir. Ular endi o‘zlarini tushkun his qilishadi".
Fikrlar