Amorim: "Maqsadimiz aniq – APLda chempionlikni qo‘lga kiritish"

  • 3 mart, 07:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliya kubogida “Fulxem”dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng jamoaning asosiy maqsadi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Maqsad – Angliya Premer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritish. Bilaman, biz so‘nggi o‘yinlarda yutqazyapmiz. Biroq, maqsadimiz hali hamon o‘zgarmagan - yana bosh sovrinni boshimiz uzra ko‘tarishdir. 
 
Bu qancha vaqt olishini bilmayman. Bizda aniq maqsad bor va har qanday holatda ham oldinga harakat qilamiz. Bu qachon ro‘y berishini bilish imkonsiz, lekin futbolchilar tobora yaxshilanayotganini va ligani tushunib borayotganimizni ko‘ryapmiz. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz" – dedi portugaliyalik mutaxassis "BBC Sport" nashriga bergan intervyusi davomida. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Ruben boshchiligidagi “qizil iblislar” kecha penaltilar seriyasida “Fulxem”ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etishga majbur bo‘ldi. APLda esa 27 bellashuvda ishtirok etib, 33 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining 14-o‘rinida kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!