Amorim “Manchester Yunayted”dan uchta “bomba” transfer so‘radi

  • 21 dekabr, 2024, 12:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ruben Amorim “Manchester Yunayted”ni nufuzli sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirishga bel bog‘lagan.

Tecno

Klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga tarkibni o‘zgartirish vakolatini berdi. Amorim yaqinda hozirgi tarkibdagi aksariyat o‘yinchilar bilan xayrlashishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga bu mutaxassis yangi ijrochilar ro‘yxatini ham shakllantirmoqda. Amorim klub xo‘jayinlaridan quyidagi uch transferni amalga oshirishni so‘radi.

Amorim hujum chizig‘idagi kamchiliklarni Viktor Osimxenni olib kelish orqali yopmoqchi. “Napoli” bilan munosabati buzilgan nigeriyalik forvard “Galatasaroy”da uzoq qolmoqchi emas va Angliyada o‘ynashni istayapti.

Manchesterliklar ustozi Tayler Diblingni nishonga oldi. “Sautgempton”ning 18 yoshli hujumkor futbolchisidan Amorim yaqin kelajakda haqiqiy etakchini tarbiyalamoqchi.

Shuningdek, Ruben Amorim ro‘yxatiga “Benfika” chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras ham kiritildi. Ispaniyalik himoyachi universalligi bilan mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!