Amorim: "Biz evrokuboklarda ham, APLda ham o‘ynashga tayyor emasmiz"

  • 26 avgust, 18:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning fikricha, evrokuboklar yo‘qligi "qizil iblislar"ga qo‘l keladi. MYu joriy mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmaydi - jamoa APL-2024/25da 15-o‘rinni egalladi va Evropa Ligasi finalida "Tottenxem"ga yutqazdi.

Tecno

"Evropada ham, APLda ham o‘ynashga tayyor emasmiz. Bizga jamoa sifatida rivojlanish uchun vaqt kerak.

Poydevor qurmoq uchun vaqt kerak, keyin esa kelajakda oldinga siljish kerak. Biz hamma futbolchilar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun evrokuboklar kerak bo‘ladigan paytga etib boramiz", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.

APLning ikki turidan so‘ng manchesterliklar 1 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!