
Alonsoning "Barselona"dagi kelajagi ma’lum
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachi Markos Alonso bilan xayrlashmoqchi emas.
"Sport" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ispaniyalik futbolchiga ishonmoqda.
Agar Xordi Alba ketsa, Alonso himoyaning chap qanotida Alexandro Baldega asosiy ravobatchiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Markos bu mavsum himoyaning ham markazida, ham chap qanotida o‘ynamoqda. Oxirgi ikki o‘yinda himoyachi "Barselona"da zaxira futbolchisi bo‘lib qoldi. Alonso jamoaga o‘tgan yozda Londonning "Chelsi" klubidan tekinga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar