Alonso Rodrigo qolishini tasdiqlagan bo‘lsa-da, Londonning ikki klubi hali hamon jiddiy qiziqish bildirmoqda

  • 30 may, 17:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Rodrigo yozda jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso ilk matbuot anjumanida futbolchi jamoa uchun kerakligini ta’kidlab, hech qaerga ketmasligini aytib o‘tgan edi. Shunga qaramasdan, Londonning ikki klubi braziliyalik vinger uchun hali hamon qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Tecno

AS nashriga ko‘ra, futbolchi vaziyatini "Chelsi" va "Arsenal" juda yaqindan kuzatib bormoqda. Xususan, londonlik "aristokratlar" yozda juda faol transfer oynasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda va Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olishni muhim kuchayish sifatida ko‘rishmoqda.

24 yoshli hujumchi uchun narx 100 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi joriy mavsum 50 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!