Alonso “Real”ni boshqaradimi? Murabbiyning o‘zi javob berdi

  • 19 aprel, 13:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real”ning Evropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan keyin bosh murabbiy Karlo Anchelottining iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar avj oldi.

Bir necha manbalar “Real” yozda bosh murabbiylikka Xabi Alonsoni olib kelish bo‘yicha ish boshlagani, muzokaralar davom etayotgani haqida yozmoqda.

“Bayer”ning ispaniyalik murabbiyi bu masalaga munosabat bildirdi.

- “Real” haqidagi mish-mishlar biz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Biz bor e’tiborimizni mavsumning hal qiluvchi yakuniy qismiga qaratganmiz. Mavsum yakuniga etmaganini unutmaylik. Oldida chempionatning beshta o‘yini bor va biz shular haqida bosh qotirishimiz kerak.

Kelajak haqida gapirishdan foyda yo‘q. Diqqat-e’tiborni yo‘qotish yaxshi emas. Bu mavsum hozir dolzarb emas. Kelajagim, mish-mishlar, turli gap-so‘zlarga ko‘p to‘xtalishni istamayman. Bular to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit qiladi, - dedi Xabi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!