
Alonso "Atletiko" bilan kelishib oldi
"Barselona"ni yozda tark etishi kutilayotgan Markos Alonsoning keyingi manzili ham deyarli aniq bo‘lib bormoqda. U Ispaniyada qolishni rejalashtirgan.
"Diario Sport" nashri xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi "Atletiko" bilan kelishuvga erishdi. Himoyachi yozgi transferlar oynasida erkin agent sifatida "matraschilar" safiga borib qo‘shiladi.
Madrid Alonsoga begona emas. U futbolchilik faoliyatini "Real" klubida boshlagan. 2010 yilda "Bolton", keyin "Fiorentina" va " "Sanderlend" kabi jamoalarda to‘p tepganidan so‘ng "Chelsi"ga o‘tgandi.
Fikrlar