
Allegri "Yuventus"ni yana bir yil boshqarmoqchi
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kecha “Ayaks”ga (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL chorak final javob o‘yinidan so‘ng yangi mavsumni ham Turinda o‘tkazmoqchiligini aytdi.
“Ikki kun oldin men klub prezidenti bilan gaplashganman va jamoada qolishimni aytganman. “Yuve”da yana bir yil qolaman. Biz hozirdanoq yangi mavsum rejalarini tuza boshladik”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Ayaks"ga yutqazib, EChLdagi yurishini to‘xtatdi.
Fikrlar