Aleksey Evstafeev 3:3 hisobi qayd etilgan o‘yin haqida nimalar dedi?

  • 16 mart, 2023, 15:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 1-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” — “Qo‘qon-1912" (3:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Uchrashuvning birinchi bo‘limida ochiqchasiga yutqazib quydik. Ochiqchasiga... Ikkinchi taymda esa o‘zimizni qulga olib xarakterimizni ko‘rsatdik va bor imkoniyatimizni ishga solib yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qildik.

Birinchi bo‘limda mehmonlar yaxshi natija ko‘rsatishdi, har holda ularning tajribasi bor. Bu tabiiy hol. Raqibimiz oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Jamoa shakllangan. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Jamoamiz qo‘ldan kelgancha yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Bu mavsumning birinchi o‘yini, bizda hayajon sezildi.

Maqsadimiz yaxshi futbol o‘ynash va har o‘yinda yutuqqa erishish".

"Sho‘rtan" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!